JAMOAVIYLIK — SAMARALI FAOLIYAT ASOSI
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida "Shaxsiy va jamoaviy masʼuliyatni oshirish" mavzusida seminar-trening oʻtkazilmoqda.Unda viloyatning boʻlim va boʻlinma hodimlari ishtirok etishmoqda.
Mazkur treningning asosiy maqsadi xodimlarda shaxsiy masʼuliyat hissini kuchaytirish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro hurmat va ishonch muhitini mustahkamlashdan iborat.
Seminar-trening davomida psixologlar tomonidan ishtirokchilarning diqqatini jamlash, faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli interfaol oʻyin va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram