JAMOAVIYLIK — SAMARALI FAOLIYAT ASOSI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida "Shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatni oshirish" mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.Unda viloyatning bo‘lim va bo‘linma hodimlari ishtirok etishmoqda.

Mazkur treningning asosiy maqsadi xodimlarda shaxsiy mas’uliyat hissini kuchaytirish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va ishonch muhitini mustahkamlashdan iborat.

Seminar-trening davomida psixologlar tomonidan ishtirokchilarning diqqatini jamlash, faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli interfaol o‘yin va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram