Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ezgu gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi aʼzolari tomonidan maʼruzalar taqdim etildi.

Seminarda milliy tarix va maʼnaviy meros, Uchinchi Renessans, inson qadri, 35 yillik islohotlar hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining ustuvor vazifalari haqida fikrlar bildirildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram