Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi a’zolari tomonidan ma’ruzalar taqdim etildi.
Seminarda milliy tarix va ma’naviy meros, Uchinchi Renessans, inson qadri, 35 yillik islohotlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor vazifalari haqida fikrlar bildirildi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram