Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyib turishni o‘rganishi uchun oltmish yil kerak bo‘ladi.
* * *
O‘tkir fikrni jo‘n ifoda etish, qo‘zichoqni och bo‘riga ro‘para qilishday bir gap.
* * *
Biz Vatanni tanlamaymiz, chunki Vatan bizni allaqachon tanlab bo‘lgan.
* * *
Qasr hech qachon tovuqxonani, tovuqxona esa hech qachon qasrni esga solmasligi kerak.
* * *
Urush hech qachon dunyoda odamlar sonini ko‘paytirmaydi, lekin u yerdagi qahramonlar sonini oshiradi.
* * *
Orzular odamzod umr rishtasi uziladigan chegaradan ham o‘tib ketadi va asrlar osha uchaveradi.
* * *
Yolg‘on har doim yolg‘on, haqiqat har doim haqiqat. Ular hech qachon arzimas va ulkanga ajratilmaydi.
* * *
Til xalqqa bir umrga beriladi, uni o‘zgartirib ham, yo‘qotib ham bo‘lmaydi.
* * *
Kichkina kalit bilan katta sandiqlarni ochish mumkin.
* * *
Kichkina og‘iz ham katta gaplarni so‘zlashi mumkin.
* * *
Odam – faqat atama emas, – unvon, unvon bo‘lganda ham, juda yuksak unvon. Bu yuksak unvonga munosib bo‘lish uchun bir umr intilish kerak.
* * *
Nomdan ulug‘, hayotdan aziz narsa yo‘q. Ularni qadrla!
* * *
O, ona tilida o‘ylayotgan va kuylayotgan odamlar! Sizga ham tashakkur!
* * *
Hamisha onalar go‘zal, onalar aytgan qo‘shiqlar go‘zal.
* * *
Agar belanchaklar uzra allalar aytilmaganda, ehtimol, dunyoda boshqa qo‘shiqlar yaratilmasdi.
* * *
Onalar – dunyoning eng birinchi shoirlari!
* * *
Onalar allasi – odamzod yaratgan qo‘shiqlarning ibtidosi.
* * *
Qo‘shiq yurakda yaraladi, yurak uni tilga beradi, til esa odamlarning yuragiga yetkazadi, odamlarning yuraklarida asrlardan asrlarga o‘tadi.
Ziyouz.uz