Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyib turishni oʻrganishi uchun oltmish yil kerak boʻladi.
* * *
Oʻtkir fikrni joʻn ifoda etish, qoʻzichoqni och boʻriga roʻpara qilishday bir gap.
* * *
Biz Vatanni tanlamaymiz, chunki Vatan bizni allaqachon tanlab boʻlgan.
* * *
Qasr hech qachon tovuqxonani, tovuqxona esa hech qachon qasrni esga solmasligi kerak.
* * *
Urush hech qachon dunyoda odamlar sonini koʻpaytirmaydi, lekin u yerdagi qahramonlar sonini oshiradi.
* * *
Orzular odamzod umr rishtasi uziladigan chegaradan ham oʻtib ketadi va asrlar osha uchaveradi.
* * *
Yolgʻon har doim yolgʻon, haqiqat har doim haqiqat. Ular hech qachon arzimas va ulkanga ajratilmaydi.
* * *
Til xalqqa bir umrga beriladi, uni oʻzgartirib ham, yoʻqotib ham boʻlmaydi.
* * *
Kichkina kalit bilan katta sandiqlarni ochish mumkin.
* * *
Kichkina ogʻiz ham katta gaplarni soʻzlashi mumkin.
* * *
Odam – faqat atama emas, – unvon, unvon boʻlganda ham, juda yuksak unvon. Bu yuksak unvonga munosib boʻlish uchun bir umr intilish kerak.
* * *
Nomdan ulug‘, hayotdan aziz narsa yoʻq. Ularni qadrla!
* * *
O, ona tilida oʻylayotgan va kuylayotgan odamlar! Sizga ham tashakkur!
* * *
Hamisha onalar goʻzal, onalar aytgan qoʻshiqlar goʻzal.
* * *
Agar belanchaklar uzra allalar aytilmaganda, ehtimol, dunyoda boshqa qoʻshiqlar yaratilmasdi.
* * *
Onalar – dunyoning eng birinchi shoirlari!
* * *
Onalar allasi – odamzod yaratgan qoʻshiqlarning ibtidosi.
* * *
Qoʻshiq yurakda yaraladi, yurak uni tilga beradi, til esa odamlarning yuragiga yetkazadi, odamlarning yuraklarida asrlardan asrlarga oʻtadi.
Ziyouz.uz