Mehnat xavfsizligi — bu faqat talab emas, avvalo inson hayoti va salomatligiga boʻlgan masʼuliyat!

Markazda xodimlarning mehnat xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy bilimini oshirish maqsadida “Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda soha mutaxassisi, Mehnat xavfsizligi inspeksiyasi inspektori Qahramon Atabayev ishtirok etib, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi amaldagi talablar, xodimlarning huquq va majburiyatlari, ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari yuzasidan tushunchalar berdi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni mehnat jarayonida inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishning muhim huquqiy asosi hisoblanadi.

Seminar davomida mazkur qonunning mazmun-mohiyati, uning tashkilotdagi mehnat jarayonlaridagi ahamiyati hamda Markazda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram