Mehnat xavfsizligi — bu faqat talab emas, avvalo inson hayoti va salomatligiga bo‘lgan mas’uliyat!

Markazda xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy bilimini oshirish maqsadida “Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda soha mutaxassisi, Mehnat xavfsizligi inspeksiyasi inspektori Qahramon Atabayev ishtirok etib, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi amaldagi talablar, xodimlarning huquq va majburiyatlari, ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari yuzasidan tushunchalar berdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mehnat jarayonida inson hayoti va salomatligini muhofaza qilishning muhim huquqiy asosi hisoblanadi.

Seminar davomida mazkur qonunning mazmun-mohiyati, uning tashkilotdagi mehnat jarayonlaridagi ahamiyati hamda Markazda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram