“MEN TANIGAN OʻZBEKISTON”
Yangi Oʻzbekiston xorijlik olim nigohida!
Turkiyalik taniqli adib, olim va jamoat arbobi doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan Oʻzbekiston” nomli kitobi nashr etildi.
Bu kitob — shunchaki sayohat taassurotlari emas, balki xorijlik ziyolining Oʻzbekiston haqidagi koʻp yillik ilmiy izlanishlari, kuzatuvlari va samimiy xulosalarini oʻzida jamlagan.
Mazkur asarda Oʻzbekistonning qadimiy tarixi, boy maʼnaviy merosi, turkiy-islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni, buyuk allomalari va davlatchilik anʼanalari, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan davlat siyosati haqida soʻz yuritiladi.
Oʻzbek va turk tillarida nashr etilgan mazkur kitob Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti hamda “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati tashabbusi bilan “Maʼrifat elchilari” loyihasi doirasida tayyorlandi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram