“MEN TANIGAN O‘ZBEKISTON”
Yangi O‘zbekiston xorijlik olim nigohida!
Turkiyalik taniqli adib, olim va jamoat arbobi doktor Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” nomli kitobi nashr etildi.
Bu kitob — shunchaki sayohat taassurotlari emas, balki xorijlik ziyolining O‘zbekiston haqidagi ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatuvlari va samimiy xulosalarini o‘zida jamlagan.
Mazkur asarda O‘zbekistonning qadimiy tarixi, boy ma’naviy merosi, turkiy-islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, buyuk allomalari va davlatchilik an’analari, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan davlat siyosati haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbek va turk tillarida nashr etilgan mazkur kitob Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati tashabbusi bilan “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida tayyorlandi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram