Millatning eng buyuk boyligi — uning maʼnaviy qudratidir!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Yurtimizda maʼnaviyat va maʼrifat sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga munosib hissa qoʻshayotgan fidoyi targʻibotchilar hamda Markaz xodimlarining mehnati alohida eʼtirof etildi.
Tantanali marosimda bir guruh faol targʻibotchilar va Markaz xodimlariga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Bu eʼtirof — nafaqat munosib mehnatning mukofoti, balki ezgu gʻoyalarni xalqimiz qalbiga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni asrash va yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi masʼuliyatni yanada oshiradigan yuksak ragʻbatdir.
Zero, iqtisodiy qudrat yurtni yuksaltirsa, maʼnaviy qudrat millatni buyuklik sari yetaklaydi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram