Millatning eng buyuk boyligi — uning ma’naviy qudratidir!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizda ma’naviyat va ma’rifat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi targ‘ibotchilar hamda Markaz xodimlarining mehnati alohida e’tirof etildi.
Tantanali marosimda bir guruh faol targ‘ibotchilar va Markaz xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Bu e’tirof — nafaqat munosib mehnatning mukofoti, balki ezgu g‘oyalarni xalqimiz qalbiga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni asrash va yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi mas’uliyatni yanada oshiradigan yuksak rag‘batdir.
Zero, iqtisodiy qudrat yurtni yuksaltirsa, ma’naviy qudrat millatni buyuklik sari yetaklaydi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram