#Mustaqillik35
#Maʼrifat_tur
🇺🇿 "Mustaqillik toʻyi" festivali doirasida "Maʼrifat tur" loyihasi amalga oshirildi
"Mustaqillik toʻyi" festivali doirasida "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar "Gʻamxoʻrlik" markazining 50 nafar xodimi uchun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga maʼnaviy-maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazidagi noyob ekspozitsiyalar, tarixiy qoʻlyozmalar va bebaho madaniy meros namunalari bilan tanishib, yurtimizning islom tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Mazkur tashrif ishtirokchilarning maʼnaviy dunyosini boyitish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini mustahkamlash, shuningdek, tarixiy merosimizni chuqurroq anglashga xizmat qilgan mazmunli va unutilmas maʼrifiy loyiha boʻldi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram