#Mustaqillik35
#Ma’rifat_tur
🇺🇿 "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida "Ma’rifat tur" loyihasi amalga oshirildi
"Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar "G‘amxo‘rlik" markazining 50 nafar xodimi uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazidagi noyob ekspozitsiyalar, tarixiy qo‘lyozmalar va bebaho madaniy meros namunalari bilan tanishib, yurtimizning islom tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif ishtirokchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, tarixiy merosimizni chuqurroq anglashga xizmat qilgan mazmunli va unutilmas ma’rifiy loyiha bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram