Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi yana bir tanlovga start beradi!

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Eng fayzli hovli”, “Eng obod koʻcha” va “Eng namunali mahalla” koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlovda obodligi, ozodaligi, koʻkalamzorligi, tashabbuskorligi va mahalla hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan hovli, koʻcha va mahallalar bellashadi.

Eng fayzli hovli — fayz va ozodalik namunasi.

Eng obod koʻcha — koʻrkamlik va hamjihatlik namunasi.

Eng namunali mahalla — obodlik, tashabbus va birdamlik namunasi.

Tanlov mahalla, tuman/shahar hamda hududiy bosqichlarda oʻtkaziladi.

Zero, obod mahalla — fayzli hovlidan, fayzli hovli esa har bir oilaning tashabbusidan boshlanadi!

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar oʻz mahallasidagi “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi mumkin.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram