O‘zbekiston mahallalari uyushmasi yana bir tanlovga start beradi!

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda obodligi, ozodaligi, ko‘kalamzorligi, tashabbuskorligi va mahalla hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan hovli, ko‘cha va mahallalar bellashadi.

Eng fayzli hovli — fayz va ozodalik namunasi.

Eng obod ko‘cha — ko‘rkamlik va hamjihatlik namunasi.

Eng namunali mahalla — obodlik, tashabbus va birdamlik namunasi.

Tanlov mahalla, tuman/shahar hamda hududiy bosqichlarda o‘tkaziladi.

Zero, obod mahalla — fayzli hovlidan, fayzli hovli esa har bir oilaning tashabbusidan boshlanadi!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘z mahallasidagi “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi mumkin.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram