⚡️ O‘zbekiston Prezidentining navbatdagi global tashabbusi BMTda qo‘llab-quvvatlandi
BMT Bosh Assambleyasida “Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya 167 ta davlatning qo‘llab-quvvatlovi bilan qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilda ilgari surilgan mazkur tashabbusga 61 ta davlat hammuallif bo‘ldi. Hujjatda parlamentlarda xotin-qizlar va yoshlar ishtirokini kengaytirish, rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur qaror O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram