⚡️ Oʻzbekiston Prezidentining navbatdagi global tashabbusi BMTda qoʻllab-quvvatlandi

BMT Bosh Assambleyasida “Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiya 167 ta davlatning qoʻllab-quvvatlovi bilan qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilda ilgari surilgan mazkur tashabbusga 61 ta davlat hammuallif boʻldi. Hujjatda parlamentlarda xotin-qizlar va yoshlar ishtirokini kengaytirish, rivojlanayotgan davlatlarni qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mazkur qaror Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslari jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilayotganining yana bir yorqin ifodasi boʻldi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram