Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talabalar uchun maxsus maʼrifiy foto koʻrgazma tashkil etildi.
Mazkur koʻrgazma mamlakatimiz bosib oʻtgan mustaqil taraqqiyot yoʻlini yorqin aks ettiruvchi, tarixiy xotira va bugungi yuksalishlarni oʻzida mujassam etgan muhim maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri boʻldi.
Koʻrgazma ekspozitsiyalaridan mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va maʼnaviy hayotida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, qoʻlga kiritilgan ulkan yutuqlar hamda yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi yuksalib borayotganini aks ettiruvchi qimmatli materiallar oʻrin olgan.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram