O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talabalar uchun maxsus ma’rifiy foto ko‘rgazma tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazma mamlakatimiz bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘lini yorqin aks ettiruvchi, tarixiy xotira va bugungi yuksalishlarni o‘zida mujassam etgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyalaridan mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar hamda yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi yuksalib borayotganini aks ettiruvchi qimmatli materiallar o‘rin olgan.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram