O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Amir Temur maydonida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” loyihasi doirasida maxsus ma’rifiy fotoko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmada mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan ulkan taraqqiyot yo‘li, so‘nggi yillarda hududlarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, yangilanishlar va xalqimiz hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar foto suratlar orqali namoyon etildi.

Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlar va keng jamoatchilikka Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini, erishilayotgan natijalar va inson manfaatlariga qaratilgan islohotlarni ta’sirchan tasvirlar orqali yetkazish, qalblarda Vatanga daxldorlik, iftixor va shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdir.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram