Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Amir Temur maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston shukronaligi” loyihasi doirasida maxsus maʼrifiy fotokoʻrgazma tashkil etildi.
Koʻrgazmada mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib oʻtgan ulkan taraqqiyot yoʻli, soʻnggi yillarda hududlarda amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, yangilanishlar va xalqimiz hayotidagi ijobiy oʻzgarishlar foto suratlar orqali namoyon etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlar va keng jamoatchilikka Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot yoʻlini, erishilayotgan natijalar va inson manfaatlariga qaratilgan islohotlarni taʼsirchan tasvirlar orqali yetkazish, qalblarda Vatanga daxldorlik, iftixor va shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamlashdir.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram