Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Yangi Oʻzbekiston shukronaligi” loyihasi doirasida maʼrifiy fotokoʻrgazma tashkil etildi.

Koʻrgazma ekspozitsiyalaridan mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va maʼnaviy hayotida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, qoʻlga kiritilgan ulkan yutuqlar hamda yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi yuksalib borayotganini aks ettiruvchi qimmatli materiallar oʻrin olgan.

 

Mazkur fotokoʻrgazma orqali talaba-yoshlarga Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti, inson qadri yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalarni taʼsirchan tasvirlar orqali yetkazish, ularda Vatanga muhabbat, daxldorlik va shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram