O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” loyihasi doirasida ma’rifiy fotoko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyalaridan mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar hamda yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi yuksalib borayotganini aks ettiruvchi qimmatli materiallar o‘rin olgan.
Mazkur fotoko‘rgazma orqali talaba-yoshlarga Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, inson qadri yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalarni ta’sirchan tasvirlar orqali yetkazish, ularda Vatanga muhabbat, daxldorlik va shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram