O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” loyihasi doirasida ma’rifiy fotoko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyalaridan mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar hamda yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi yuksalib borayotganini aks ettiruvchi qimmatli materiallar o‘rin olgan.

 

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram