Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi Oʻzbekiston shukronaligi” loyihasi doirasida maʼrifiy fotokoʻrgazma tashkil etildi.

Koʻrgazma ekspozitsiyalaridan mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va maʼnaviy hayotida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, qoʻlga kiritilgan ulkan yutuqlar hamda yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi yuksalib borayotganini aks ettiruvchi qimmatli materiallar oʻrin olgan.

 

Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram