✅ Qoʻshimcha taʼlim – kelajakka yoʻl

❗️ Ayni paytda Buxoro viloyatida “Qoʻshimcha taʼlim: Kelajak direktorlari forumi – 2026” boʻlib oʻtmoqda.

Forum mamlakatimizda qoʻshimcha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, rahbarlarning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish va hududlar oʻrtasida ilgʻor tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

 Forumda:

 ➡️ 208 nafar tuman (shahar) “Kelajak” markazlari direktorlari;

 ➡️ 14 nafar hududiy “Kelajak” markazlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha bosh mutaxassislari;

➡️ tegishli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari ishtirok etmoqda.

❓ Ishtirokchilar ikki kun davomida maʼruzalar, tajriba almashuv sessiyalari va amaliy muhokamalarda qatnashadi.

⚡️Asosiy maqsad — maktab oʻquvchilarini qoʻshimcha taʼlimga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “Kelajak” markazlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda Buxoro viloyati tajribasini respublika miqyosida ommalashtirishdan iborat.

Bu forum nafaqat rahbarlar uchun tajriba almashish maydoni, balki qoʻshimcha taʼlim tizimining yangi gʻoyalari, zamonaviy yondashuvlari va istiqbolli rejalari muhokama qilinadigan muhim muloqot platformasi hamdir.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram