✅ Qo‘shimcha ta’lim – kelajakka yo‘l
❗️ Ayni paytda Buxoro viloyatida “Qo‘shimcha ta’lim: Kelajak direktorlari forumi – 2026” bo‘lib o‘tmoqda.
Forum mamlakatimizda qo‘shimcha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, rahbarlarning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish va hududlar o‘rtasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Forumda:
➡️ 208 nafar tuman (shahar) “Kelajak” markazlari direktorlari;
➡️ 14 nafar hududiy “Kelajak” markazlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassislari;
➡️ tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.
❓ Ishtirokchilar ikki kun davomida ma’ruzalar, tajriba almashuv sessiyalari va amaliy muhokamalarda qatnashadi.
⚡️Asosiy maqsad — maktab o‘quvchilarini qo‘shimcha ta’limga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “Kelajak” markazlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda Buxoro viloyati tajribasini respublika miqyosida ommalashtirishdan iborat.
Bu forum nafaqat rahbarlar uchun tajriba almashish maydoni, balki qo‘shimcha ta’lim tizimining yangi g‘oyalari, zamonaviy yondashuvlari va istiqbolli rejalari muhokama qilinadigan muhim muloqot platformasi hamdir.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram