#qo‘shnichilik_ va_bag‘rikenglik

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” haftaligi doirasida ko‘p millatli Konimex tumanining "Zafarobod" mahalla fuqarolar yig‘inida “O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yurtimizda turli millat va elatlar o‘rtasida qaror topgan do‘stlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash hamda ushbu ezgu qadriyatlarni kelgusi avlodlarga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida millatlararo totuvlik, Vatan va tinchlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangrab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

NavoiyMTRK

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram