#qoʻshnichilik_ va_bagʻrikenglik

30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Doʻstlik” haftaligi doirasida koʻp millatli Konimex tumanining "Zafarobod" mahalla fuqarolar yigʻinida “Oʻzbekiston — bagʻrikeng diyor” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yurtimizda turli millat va elatlar oʻrtasida qaror topgan doʻstlik, oʻzaro hurmat va bagʻrikenglik muhiti, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash hamda ushbu ezgu qadriyatlarni kelgusi avlodlarga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida millatlararo totuvlik, Vatan va tinchlikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangrab, yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

NavoiyMTRK

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram