Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan "Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati" loyihasi doirasida Energetika vazirligida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir "Davlat xizmatida ishonch, qadriyatlarga asoslangan boshqaruv va psixologik farovonlik" dasturi asosida oʻtkazildi.
Trening davomida ishtirokchilarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalar berildi:
institutsional ishonchni mustahkamlash va fuqaroga yoʻnaltirilgan xizmat madaniyatini rivojlantirish;
samarali muloqot, faol tinglash va murojaatlarni konstruktiv hal etish;
qadriyatlarga asoslangan boshqaruv va axloqiy yetakchilik tamoyillarini kundalik faoliyatga tatbiq etish;
manfaatlar toʻqnashuvi hamda axloqiy dilemmalar sharoitida asoslangan qaror qabul qilish;
ochiqlik va hisobdorlik tamoyillariga amal qilish;
stress va kasbiy kuyishning oldini olish, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash;
jamoada oʻzaro ishonch va psixologik xavfsiz muhit yaratish.
Trening jarayonida amaliy mashqlar, keyslar va interaktiv muhokamalar orqali halollik, xolislik, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalar mustahkamlandi.
Seminar-treninglar tasdiqlangan grafik asosida boshqa vazirlik va idoralarda ham tashkil etiladi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram