Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan "Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati" loyihasi doirasida Energetika vazirligida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir "Davlat xizmatida ishonch, qadriyatlarga asoslangan boshqaruv va psixologik farovonlik" dasturi asosida o‘tkazildi.
Trening davomida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi:
institutsional ishonchni mustahkamlash va fuqaroga yo‘naltirilgan xizmat madaniyatini rivojlantirish;
samarali muloqot, faol tinglash va murojaatlarni konstruktiv hal etish;
qadriyatlarga asoslangan boshqaruv va axloqiy yetakchilik tamoyillarini kundalik faoliyatga tatbiq etish;
manfaatlar to‘qnashuvi hamda axloqiy dilemmalar sharoitida asoslangan qaror qabul qilish;
ochiqlik va hisobdorlik tamoyillariga amal qilish;
stress va kasbiy kuyishning oldini olish, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash;
jamoada o‘zaro ishonch va psixologik xavfsiz muhit yaratish.
Trening jarayonida amaliy mashqlar, keyslar va interaktiv muhokamalar orqali halollik, xolislik, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Seminar-treninglar tasdiqlangan grafik asosida boshqa vazirlik va idoralarda ham tashkil etiladi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram