Öquv-seminarlari joriy yilning oktabr–dekabr oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida ötkaziladigan keng kölamli ma’naviy-ma’rifiy loyihalarga puxta tayyorgarlik köriş, ziyolilarning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda aholi bilan manzilli va ta’sirçan muloqotlarni yölga qöyiş maqsadida ötkazildi.
«Ma’rifat haftaligi» ilm-fan, adabiyot, san’at va ma’naviyat sohalari vakillarini ezgu maqsadlar atrofida birlaştiradigan umummilliy ma’rifiy taşabbusdir. Haftalik doirasida taniqli olimlar, diniy, ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari, faol ziyolilar, yozuvçi va şoirlar hamda san’atkorlarning hududlarga çiqib, mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va taşkilotlarda aholi bilan bevosita muloqotlar ötkazişi rejalaştirilgan.
«Ma’rifat haftaligi» Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Din işlari böyiça qömita, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda «Ma’rifat» tarğibotçilar jamiyati hamkorligida taşkil etilmoqda.
Öquv-seminarida hududiy tarğibot guruhlarining asosiy vazifalari, faoliyat ustuvorliklari va kutilayotgan natijalar haqida söz yuritildi. Ziyolilarning jamiyat hayotidagi örnini yanada kuçaytiriş, aholining turli qatlamlari bilan bevosita muloqotlarni kengaytiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlarni zamonaviy yondaşuvlar asosida taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, hududlarda tarğibot uçraşuvlarini samarali taşkil etiş, auditoriyaga mos va dolzarb mavzularni tanlaş, oçiq muloqotlarni yölga qöyiş hamda tarğibot işlari samaradorligini oşiriş yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
Seminar davomida soha mutaxassislari va ekspertlar tomonidan oila mustahkamligi, oilaviy ajrimlarning oldini oliş, yoşlar tarbiyasi, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, diniy bağrikenglik, axborot tahdidlariga qarşi ma’rifiy yondaşuv hamda mehnat jamoalarida soğlom ma’naviy muhitni şakllantiriş kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Muloqotlarda mahallalarda turli ijtimoiy qatlamlar bilan manzilli işlaş, aholining fikr va takliflarini örganiş, mavjud muammolarga yeçim topişda jamoatçilik faolligini oşiriş, yoşlarda tanqidiy fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş va ma’naviy immunitetni mustahkamlaş masalalariga ham alohida urğu berildi.
«Ma’rifat haftaligi»ning asosiy maqsadi – ziyolilar salohiyatini birlaştirgan holda yurtimizda barça soha va yönalişda amalga oşirilayotgan islohotlarni, sönggi ön yillikdagi voqelik va yangilanişlarni mazmunan har bir mahalla, har bir oila va har bir yoş ongi va qalbiga yetkaziş.