Öquv-seminarlari joriy yilning oktabr–dekabr oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida ötkaziladigan keng kölamli maʼnaviy-maʼrifiy loyihalarga puxta tayyorgarlik köriş, ziyolilarning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda aholi bilan manzilli va taʼsirçan muloqotlarni yölga qöyiş maqsadida ötkazildi.
«Maʼrifat haftaligi» ilm-fan, adabiyot, sanʼat va maʼnaviyat sohalari vakillarini ezgu maqsadlar atrofida birlaştiradigan umummilliy maʼrifiy taşabbusdir. Haftalik doirasida taniqli olimlar, diniy, maʼnaviy-maʼrifiy soha vakillari, faol ziyolilar, yozuvçi va şoirlar hamda sanʼatkorlarning hududlarga çiqib, mahallalar, taʼlim muassasalari, korxona va taşkilotlarda aholi bilan bevosita muloqotlar ötkazişi rejalaştirilgan.
«Maʼrifat haftaligi» Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Din işlari böyiça qömita, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda «Maʼrifat» tarğibotçilar jamiyati hamkorligida taşkil etilmoqda.
Öquv-seminarida hududiy tarğibot guruhlarining asosiy vazifalari, faoliyat ustuvorliklari va kutilayotgan natijalar haqida söz yuritildi. Ziyolilarning jamiyat hayotidagi örnini yanada kuçaytiriş, aholining turli qatlamlari bilan bevosita muloqotlarni kengaytiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlarni zamonaviy yondaşuvlar asosida taşkil etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, hududlarda tarğibot uçraşuvlarini samarali taşkil etiş, auditoriyaga mos va dolzarb mavzularni tanlaş, oçiq muloqotlarni yölga qöyiş hamda tarğibot işlari samaradorligini oşiriş yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
Seminar davomida soha mutaxassislari va ekspertlar tomonidan oila mustahkamligi, oilaviy ajrimlarning oldini oliş, yoşlar tarbiyasi, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, diniy bağrikenglik, axborot tahdidlariga qarşi maʼrifiy yondaşuv hamda mehnat jamoalarida soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş kabi dolzarb mavzularda maʼruzalar qilindi.
Muloqotlarda mahallalarda turli ijtimoiy qatlamlar bilan manzilli işlaş, aholining fikr va takliflarini örganiş, mavjud muammolarga yeçim topişda jamoatçilik faolligini oşiriş, yoşlarda tanqidiy fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş va maʼnaviy immunitetni mustahkamlaş masalalariga ham alohida urğu berildi.
«Maʼrifat haftaligi»ning asosiy maqsadi – ziyolilar salohiyatini birlaştirgan holda yurtimizda barça soha va yönalişda amalga oşirilayotgan islohotlarni, sönggi ön yillikdagi voqelik va yangilanişlarni mazmunan har bir mahalla, har bir oila va har bir yoş ongi va qalbiga yetkaziş.