Joriy yilning 24–25 iyul kunlari qadimiy va navqiron

Samarqand shahrida "Birodar shaharlar xalqaro forumi" boʻlib oʻtadi.

Ushbu nufuzli forum turli mamlakatlar shaharlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, oʻzaro ishonch va sheriklik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, xalq diplomatiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Samarqand yana bir bor dunyo mamlakatlari vakillarini birlashtirib, muloqot, tajriba almashish va yangi imkoniyatlar sari yoʻl ochuvchi xalqaro maydonga aylanadi.

"Birodar shaharlar xalqaro forumi" — hamkorlik, doʻstlik va taraqqiyot sari muhim qadam!