Joriy yilning 24–25 iyul kunlari qadimiy va navqiron

Samarqand shahrida "Birodar shaharlar xalqaro forumi" bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli forum turli mamlakatlar shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro ishonch va sheriklik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, xalq diplomatiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Samarqand yana bir bor dunyo mamlakatlari vakillarini birlashtirib, muloqot, tajriba almashish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochuvchi xalqaro maydonga aylanadi.

"Birodar shaharlar xalqaro forumi" — hamkorlik, do‘stlik va taraqqiyot sari muhim qadam!