’tirof
"Maʼnaviyat fidoyilari" eʼtirof etildi
🇺🇿"Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida keng nishonlanayotgan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli sohalarda yurtimiz rivoji va taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimiz
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov soʻzga chiqib, mamlakatimizda maʼnaviy mustaqillikni taʼminlash, milliy qadriyat va maʼnaviy merosni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.
Tadbir davomida Yangi Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, xalqimiz hayotidagi ijobiy oʻzgarishlar va bunyodkorlik jarayonlarini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi. Shuningdek, Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va yurt kelajagiga daxldorlik tuygʻularini tarannum etuvchi “Oʻzbek kelayotir” videoroligi namoyish etildi.
“Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni Prezidentimizning “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq taʼsis etilgan. Mazkur nishon mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va munosib natijalarga erishgan yurtdoshlarimizga beriladi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram