’tirof
"Ma’naviyat fidoyilari" e’tirof etildi
🇺🇿"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida keng nishonlanayotgan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli sohalarda yurtimiz rivoji va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimiz
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ma’naviy mustaqillikni ta’minlash, milliy qadriyat va ma’naviy merosni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar va bunyodkorlik jarayonlarini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi. Shuningdek, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini tarannum etuvchi “O‘zbek kelayotir” videoroligi namoyish etildi.
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni Prezidentimizning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. Mazkur nishon mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va munosib natijalarga erishgan yurtdoshlarimizga beriladi.
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram