Samarqand shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi Respublikamiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" gʻoyasi ostida milliy va vatanparvarlik qadriyatlarini asrab-avaylash, targʻib qilishga qaratilgan “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!” nomli eng yaxshi milliy kontent va ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qilgan edi.

Bugun Samarqand shahar hokimligida tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

☀️TANLOV GʻOLIBLARI:

☀1-OʻRIN: 

Dilrabo Baxtiyorova ,

Samarqand davlat Pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti, "Boshlangʻich taʼlim" yoʻnalishi talabasi;

☀2-OʻRIN (2ta):

⚡1.Dilafroʻz Aralova,

Samarqand  shahridagi 80- maktab oʻqituvchisi oʻquvchilari bilan ;

⚡2. Salohiddin Umarov, Fayoza Narzullayeva, Samarqand tumani Yangijoy mahallasi

fuqarolari.

☀3-OʻRIN (2ta):

⚡ 1.Baxtiyor Mustanov, Samarqand shahri,  Shukrona mahallasi  fuqarosi;

⚡ 2. Erkin Pardayev , Nurobod tumani Navroʻz mahallasi fuqarosi;

☀ Shuningdek, ragʻbatlantiruvchi mukofotga quyidagilar loyiq deb topildi:

⚡ 1.Naima Ochilova, Qoʻshrabot tumanidagi 48-maktab oʻqituvchisi, 2 "B" sinf oʻquvchilari bilan birga.

⚡ 2. Mansur Hasanov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari.

⚡ 3.Charos Abdullayeva, Samarqand shahridagi 20-maktab direktori oʻrinbosari

⚡4.Azizova Farangiz,

Samarqand shahridagi Prezident maktabi 8 -sinf oʻquvchisi.

☀️ Tanlov gʻoliblari:

1-oʻrin I darajali diplom, 12 million soʻmlik VAUChER;

2-oʻrin (2ta), II darajali diplom, 8 million soʻmlik VAUChER;

(2ta 4 mln.soʻmlik)

3-oʻrin (2ta), III darajali diplom, 6 million soʻmlik VAUChERlar bilan ;

(2ta 3 mln.soʻmlik)

Hamda, ragʻbatlantiruvchi mukofot sohiblari DIPLOM va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

☀️Gʻoliblarga diplom hamda vaucherlarni Samarqand shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi oʻrinbosari, shahar hokimi oʻrinbosari Farhod Nishanov topshirdi.