Samarqand shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi Respublikamiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" gʻoyasi ostida milliy va vatanparvarlik qadriyatlarini asrab-avaylash, targʻib qilishga qaratilgan “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!” nomli eng yaxshi milliy kontent va ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qilgan edi.
Bugun Samarqand shahar hokimligida tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
☀️TANLOV GʻOLIBLARI:
☀1-OʻRIN:
Dilrabo Baxtiyorova ,
Samarqand davlat Pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti, "Boshlangʻich taʼlim" yoʻnalishi talabasi;
☀2-OʻRIN (2ta):
⚡1.Dilafroʻz Aralova,
Samarqand shahridagi 80- maktab oʻqituvchisi oʻquvchilari bilan ;
⚡2. Salohiddin Umarov, Fayoza Narzullayeva, Samarqand tumani Yangijoy mahallasi
fuqarolari.
☀3-OʻRIN (2ta):
⚡ 1.Baxtiyor Mustanov, Samarqand shahri, Shukrona mahallasi fuqarosi;
⚡ 2. Erkin Pardayev , Nurobod tumani Navroʻz mahallasi fuqarosi;
☀ Shuningdek, ragʻbatlantiruvchi mukofotga quyidagilar loyiq deb topildi:
⚡ 1.Naima Ochilova, Qoʻshrabot tumanidagi 48-maktab oʻqituvchisi, 2 "B" sinf oʻquvchilari bilan birga.
⚡ 2. Mansur Hasanov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari.
⚡ 3.Charos Abdullayeva, Samarqand shahridagi 20-maktab direktori oʻrinbosari
⚡4.Azizova Farangiz,
Samarqand shahridagi Prezident maktabi 8 -sinf oʻquvchisi.
☀️ Tanlov gʻoliblari:
1-oʻrin I darajali diplom, 12 million soʻmlik VAUChER;
2-oʻrin (2ta), II darajali diplom, 8 million soʻmlik VAUChER;
(2ta 4 mln.soʻmlik)
3-oʻrin (2ta), III darajali diplom, 6 million soʻmlik VAUChERlar bilan ;
(2ta 3 mln.soʻmlik)
Hamda, ragʻbatlantiruvchi mukofot sohiblari DIPLOM va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
☀️Gʻoliblarga diplom hamda vaucherlarni Samarqand shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi oʻrinbosari, shahar hokimi oʻrinbosari Farhod Nishanov topshirdi.