“Viloyat hokimi sovrini” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” koʻrik-tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–9-son qarori ijrosini taʼminlash, aholi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatida “Viloyat hokimi sovrini” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Mazkur tanlov nafaqat bilim va kitobxonlik, ishtirokchilarning dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va maʼnaviy salohiyatini namoyon etgan oʻziga xos mutolaa bellashuviga aylandi. Unda 2 mingdan ziyod davlat fuqarolik xizmatchilari, pedagoglar, talabalar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram