“Viloyat hokimi sovrini” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash, aholi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatida “Viloyat hokimi sovrini” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov nafaqat bilim va kitobxonlik, ishtirokchilarning dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va ma’naviy salohiyatini namoyon etgan o‘ziga xos mutolaa bellashuviga aylandi. Unda 2 mingdan ziyod davlat fuqarolik xizmatchilari, pedagoglar, talabalar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram