Xabaringiz bor, oʻtgan yili "Fonus" loyihasi doirasida 4 ta qisqa metrajli filmlar tasvirga olinib, taqdimoti oʻtkazilgan edi.
Filmlardan birida yurtimiz taʼlim sohasidagi islohotlar fidoyi oʻqituvchi hayoti va faoliyati orqali ochib beriladi.
Quvonarlisi, mazkur film xalqaro "Jordan Children & Youthʼs Film Festival"ida ishtirok etish uchun rasman tanlandi.
Iordaniya Qirollik Kino Komissiyasi (Royal Film Commission – Jordan) tomonidan tashkil etiladigan festival bolalar va yoshlar kinosiga bagʻishlangan xalqaro kinofestival boʻlib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan qisqa hamda toʻliq metrajli, shuningdek animatsion filmlar namoyish etiladi.
Festival joriy yilning 21-27-avgust kunlari Ummonda boʻlib oʻtadi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram