Xabaringiz bor, o‘tgan yili "Fonus" loyihasi doirasida 4 ta qisqa metrajli filmlar tasvirga olinib, taqdimoti o‘tkazilgan edi.
Filmlardan birida yurtimiz ta’lim sohasidagi islohotlar fidoyi o‘qituvchi hayoti va faoliyati orqali ochib beriladi.
Quvonarlisi, mazkur film xalqaro "Jordan Children & Youth’s Film Festival"ida ishtirok etish uchun rasman tanlandi.
Iordaniya Qirollik Kino Komissiyasi (Royal Film Commission – Jordan) tomonidan tashkil etiladigan festival bolalar va yoshlar kinosiga bag‘ishlangan xalqaro kinofestival bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan qisqa hamda to‘liq metrajli, shuningdek animatsion filmlar namoyish etiladi.
Festival joriy yilning 21-27-avgust kunlari Ummonda bo‘lib o‘tadi.
telegram | Facebook
YouTube | Instagram