Xabaringiz bor, oʻtgan yili "Turon kitob bekati" loyihasi amalga oshirgan edi.
Maqsad - jamoat joylarida ham maʼrifat targʻibotini olib borish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish.
Loyiha doirasida Toshkent metropolitenining 50 ta bekatida 74 ta kitob javoni oʻrnatilib, ularda 25 mingdan ziyod kitob joylashtirilgan.
Kitob javonlariga oliy taʼlim muassasalari, yozuvchilar, shoirlar, nashriyotlar tomonidan kitoblar ham sovgʻa qilindi.
Biroq kitob javonlarning boʻshab qolayotgan holatlari ham koʻp. Boisi kitoblar olingach, navbatdagi bekatlarda joylashgan javonlarda qoldirilishiga hamma ham rioya qilmayapti. Bir tarafdan bu quvonarli, albatta. Negaki kitoblarni qoʻlga olib, xis qilin oʻqishga ehtiyoj katta.
Lekin ushbu loyihaning maqsadi kitoblar orqali bir emas, oʻn emas, koʻplab insonlarga maʼrifat ulashish.
Agar siz ham metrolardan foydalanganda "Turon kitob bekati" javonidan mutolaa uchun kitob olsangiz, uni manzilingizga yetgach, navbatdagi kitob javonida qoldirsangiz xursand boʻlar edik.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram