Xabaringiz bor, o‘tgan yili "Turon kitob bekati" loyihasi amalga oshirgan edi.

Maqsad - jamoat joylarida ham ma’rifat targ‘ibotini olib borish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish.

Loyiha doirasida Toshkent metropolitenining 50 ta bekatida 74 ta kitob javoni o‘rnatilib, ularda 25 mingdan ziyod kitob joylashtirilgan.

Kitob javonlariga oliy ta’lim muassasalari, yozuvchilar, shoirlar, nashriyotlar tomonidan kitoblar ham sovg‘a qilindi.

Biroq kitob javonlarning bo‘shab qolayotgan holatlari ham ko‘p. Boisi kitoblar olingach, navbatdagi bekatlarda joylashgan javonlarda qoldirilishiga hamma ham rioya qilmayapti. Bir tarafdan bu quvonarli, albatta. Negaki kitoblarni qo‘lga olib, xis qilin o‘qishga ehtiyoj katta.

Lekin ushbu loyihaning maqsadi kitoblar orqali bir emas, o‘n emas, ko‘plab insonlarga ma’rifat ulashish.

Agar siz ham metrolardan foydalanganda "Turon kitob bekati" javonidan mutolaa uchun kitob olsangiz, uni manzilingizga yetgach, navbatdagi kitob javonida qoldirsangiz xursand bo‘lar edik.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram