XALQARO E’TIROF
O‘zbekistonlik olima Xalqaro Matematika Ittifoqi qo‘mitasiga saylandi
AQShning Nyu-York shahrida Xalqaro Matematika Ittifoqi (IMU) Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning yetakchi matematiklari, milliy jamiyatlar rahbarlari va IMU rahbariyati ishtirok etdi. Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol qatnashdi.
Jumladan, Xorazm Ma’mun akademiyasi bosh ilmiy xodimi, professor Umida Baltayeva IMUning Rivojlanayotgan davlatlar qo‘mitasi (Committee for Developing Countries) a’zoligiga saylandi. Bu o‘zbekistonlik matematiklar uchun ulkan e’tirof bo‘ldi.
Shuningdek, Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor Ravshan Ashurov muhokamalarda faol qatnashib, xorijlik hamkasblar bilan ilmiy va institutsional aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram