XALQARO EʼTIROF

Oʻzbekistonlik olima Xalqaro Matematika Ittifoqi qoʻmitasiga saylandi

AQShning Nyu-York shahrida Xalqaro Matematika Ittifoqi (IMU) Bosh Assambleyasining navbatdagi yigʻilishlari boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning yetakchi matematiklari, milliy jamiyatlar rahbarlari va IMU rahbariyati ishtirok etdi. Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham faol qatnashdi.

Jumladan, Xorazm Maʼmun akademiyasi bosh ilmiy xodimi, professor Umida Baltayeva IMUning Rivojlanayotgan davlatlar qoʻmitasi (Committee for Developing Countries) aʼzoligiga saylandi. Bu oʻzbekistonlik matematiklar uchun ulkan eʼtirof boʻldi.

Shuningdek, Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor Ravshan Ashurov muhokamalarda faol qatnashib, xorijlik hamkasblar bilan ilmiy va institutsional aloqalarni mustahkamlash boʻyicha muhim uchrashuvlar oʻtkazdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram