#xizmat_safari

#buxoro

Kitob — taraqqiyot, maʼrifat va kelajak sari eng ishonchli yoʻl!

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Buxoroga xizmat safari davomida viloyat bolalar kutubxonasida boʻldi va kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi. Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, bu borada taʼsirchan yondashuvlarni joriy etish, oʻz navbatida ayni masalada mahalla institutining oʻrni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Oʻrganishlar davomida:

➡️ yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish;

➡️mahallalarda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash;

➡️kutubxonalarni zamonaviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan muntazam taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif davomida Buxoro shahridagi "Bukhara Books" kitob doʻkoni va nashriyoti faoliyati ham oʻrganilib, kitob nashri va tarqatish koʻlamini kengaytirish, zamonaviy va sifatli adabiyotlar sonini oshirish boʻyicha takliflar bildirildi.

✅ Eng muhimi, kitob targʻiboti faqat kutubxonalar bilan cheklanmasligi, balki aholi gavjum hududlar, savdo va xizmat koʻrsatish markazlari, xiyobonlar, istirohat bogʻlari hamda boshqa jamoat joylarida ham keng yoʻlga qoʻyilishi, kitob yarmarkalari, ijodiy uchrashuvlar va targʻibot tadbirlari muntazam tashkil etilishi zarurligi taʼkidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook

📺YouTube | 👚Instagram