#xizmat_safari
#buxoro
Kitob — taraqqiyot, ma’rifat va kelajak sari eng ishonchli yo‘l!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Buxoroga xizmat safari davomida viloyat bolalar kutubxonasida bo‘ldi va kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, bu borada ta’sirchan yondashuvlarni joriy etish, o‘z navbatida ayni masalada mahalla institutining o‘rni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O‘rganishlar davomida:
➡️ yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
➡️mahallalarda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash;
➡️kutubxonalarni zamonaviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan muntazam ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida Buxoro shahridagi "Bukhara Books" kitob do‘koni va nashriyoti faoliyati ham o‘rganilib, kitob nashri va tarqatish ko‘lamini kengaytirish, zamonaviy va sifatli adabiyotlar sonini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✅ Eng muhimi, kitob targ‘iboti faqat kutubxonalar bilan cheklanmasligi, balki aholi gavjum hududlar, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari hamda boshqa jamoat joylarida ham keng yo‘lga qo‘yilishi, kitob yarmarkalari, ijodiy uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari muntazam tashkil etilishi zarurligi ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram